Cheryl Campbell

Cheryl Campbell
Tavalludi 22-may 1949-yil (1949-05-22)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1974-hozirgacha

Cheryl Campbell (22-may, 1949-yil, Angliyada tugʻilgan) — britaniyalik sahna, kino va televideniye aktrisasi. U Bob Hoskins bilan 1978-yilda BBC telekanalida efirga uzatilgan dramatik teleserial Pennies From Heavendarol oʻynagan. Campbell 1980-yilda Testament of Youth va Malice Aforethough seriallaridagi roli uchun Eng yaxshi ayol roli nominatsiyasida BAFTA TV mukofotini va 1982-yilda A Doll's Housedagi roli uchun, "Tiklangan filmdagi eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasi boʻyicha, Olivier mukofotini qoʻlga kiritgan. Uning filmlardagi chiqishlari orasida Chariots of Fire (1981), Greystoke: The Legend of Tarzan, Lord of the Apes (1984) hamda The Shooting Party (1985) kabi kartinalar mavjud.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search